Yuk mashinasini qismlarga boʻlib olib kirishga urinish fosh etildi (+video)

15:45 14 Mart 2025 Jamiyat
167 0

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahridagi “Sirgʻali” bojxona postida xorijdan keltirilgan avtomobil ehtiyot qismlari bojxona hujjatlarida 11 turdagi ehtiyot qismlar sifatida koʻrsatilgani, aslida esa bu qismlar tayyor holatdagi yuk mashinasining boʻlaklari ekani aniqlangan.

Bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, yuk egasi transport vositasini qismlarga ajratib olib kirish orqali 800 million soʻmlik bojxona toʻlovlaridan qochishga uringan.

Qoʻmita eʼlon qilgan videomaterialda samosval qismlari omborda yigʻilib, natijada toʻliq tayyor transport vositasiga aylantirilgani aks etgan.

Mutaxassislarning fikricha, bu holat Oʻzbekistonda yuk mashinalari uchun belgilangan yuqori bojlarning oqibatlaridan biri boʻlib, ayrim tadbirkorlar ushbu qoidalarni chetlab oʻtishga harakat qilishlariga sabab boʻlmoqda.

Iqtisodchi Otabek Bakirov ushbu voqeani izohlab, Oʻzbekistonda samosvallar uchun 70 foiz va har bir kub motor hajmi uchun 3 dollarlik boj oʻrnatilganini qayd etdi. Uning fikricha, bunday bojxona cheklovlari asosan Samarqanddagi yuk mashinalari zavodini himoya qilish uchun joriy qilingan, ammo natijada bozor iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер