Yuk mashinasi motam marosimida qatnashayotganlarni bosib ketdi. Qurbonlar koʻp
Xitoyning Xenan provinsiyasida yuk mashinasi motam marosimida ishtirok etayotganlarni bosib ketgan. Oqibatda 9 kishi hayotdan koʻz yumdi, 4 kishi jarohatlandi. Bu haqda XXR jamoatchilik xavfsizligi vazirligi transport boshqarmasi maʼlumotiga tayanib TASS xabar berdi.
Voqea Sinyan shahrida kecha roʻy bergan. Jarohatlanganlarning barchasi shifoxonaga yuborilgan.
Hodisa joyida mahalliy huquq-tartibot organlari vakillari ish olib boryapti. Tergov jarayonlari boshlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring