Yozyovondagi bepul tibbiy koʻrikda “Oila salomatligi maktabi” mashgʻulotlari ham oʻtkazildi

12:23 24 Fevral 2026 Jamiyat
303 0

Yozyovon tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan tor soha mutaxassislari ishtirokida boʻlib oʻtgan navbatdagi bepul tibbiy koʻrikda 32 ta MFYdan aholi vakillari qamrab olindi.

Tibbiy koʻrikka bolalar va kattalar nevropatologi, jarroh, stomatolog, bolalar shifokori, oftalmolog, travmatolog, kardiolog, pulmonolog, dermatolog hamda UZI va EKG mutaxassislari jalb etildi.Tibbiy koʻrik jarayonida aholining kayfiyatiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni bartaraf etish hamda sogʻligʻiga eʼtiborni kuchaytirish maqsadida kasalliklar profilaktikasi boʻyicha suhbatlar ham tashkil etildi.

—Tadbir doirasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 40 ta umumtaʼlim maktabida faoliyat olib boruvchi 30 nafar hamshiralarga sogʻlom turmush tarzi asoslari va tibbiy savodxonlikni oshirish boʻyicha “Oila salomatligi maktabi” mashgʻulotlari ham oʻtkazildi,—deydi Yozyovon tumani markaziy poliklinikasi mudiri Nodirbek Abdulhamidov.—Shuningdek, yuzma-yuz muloqotlarda kasallik guruhlari boʻyicha aholi roʻyxati shakllantirildi. Har bir oilaviy poliklinikada profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtishi zarur boʻlgan hamyurtlar oʻrtasida suhbat olib borildi.

Oʻz navbatida tibbiy koʻrik davomida tumandagi markaziy poliklinika, 5 ta oilaviy poliklinika hamda 4 ta oilaviy shifokorlik punktiga 1370 nafardan ziyod aholi murojaati kelib tushib, oʻrganishlar yakunida 100 nafarga yaqiniga statsionar va ambulator muolajalar tavsiya etildi.

Eʼtiborlisi, ezgu tashabbus doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 9 nafar aʼzosi hamda 11 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar ham tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, kerakli amaliy yordamlar koʻrsatildi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер