Yotoqxona toʻlovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?

08:03 01 Dekabr 2023 Jamiyat
424 0

Yotoqxona toʻlovi boʻyicha imtiyozni oliy taʻlim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:

— yotoqxona toʻlovlaridan butunlay ozod etiladi:

- koʻz kasalliklari boʻyicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
- chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
- mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
- hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.

— umumiy toʻlovdan 50 foiz chegirma beriladi:

- umumiy kasalliklar boʻyicha 2-guruh nogironlari;
- vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun masʻul talabalarga.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер