Yoshlarning doʻstligi — mustahkam kelajak poydevori

14:10 15 Fevral 2023 Jamiyat
480 0

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazida Ozarbayjon-Oʻzbekiston yoshlari doʻstlik va hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi.

Forumga Ozarbayjon va Oʻzbekistondagi yoshlar tashkilotlari hamda keng jamoatchilik vakillari, shuningdek talaba-yoshlar jam boʻldi.

Tadbir avvalida markaz rahbari Samir Abbosov soʻzga chiqib, yoshlar mamlakatlarimizning ertangi kunini, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy hamkorligini belgilab beruvchi asosiy omil ekanini, mazkur forum bu yoʻlda kamarbasta boʻlishini taʼkidladi.

Taʼkidlash joizki, forum ilk marotaba tashkil etilmoqda.

— Millatlarimiz yoshlarining doʻstligi, birodarligi bizning har tomonlama birlashuvimizda, kelajak kunlarimizning porloq va goʻzal boʻlishida muhim ahamiyatga ega. — dedi Ozarbayjondan kelgan mehmon, “Islohotchi yoshlar” jamoat birlashmasi raisi Farid Shahbozli. — Men birinchi marta Oʻzbekistonda boʻlishim. Ilk tashrifimdayoq aynan kelajagimiz egalarining doʻstlik va hamkorligiga bagʻishlangan forumda ishtirok etishim men uchun unutilmas hodisa boʻldi.

Forum soʻnggida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Rahmatjon BOBOJONOV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер