Yoshlarning daromad manbai kengaymoqda

17:12 25 Iyun 2020 Iqtisodiyot
1337 0

Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Sanfa products” jamoasi pol qoplamalari (linoleum) ishlab chiqarish borasida oʻziga xos tajriba tizimini yaratdi. Jamoada mehnat qilayotgan uddaburon yoshlar mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilishdan moʻmay daromad topishmoqda.Oʻtgan yili 3 million 600 ming dollar qiymatidagi linoleumlar eksport qilindi. Bu yil esa mazkur koʻrsatkichni bundan-da oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2020-2021-yillarda ishlab chiqarish quvvatlarini 35 foizgacha koʻtarish koʻzda tutilayotir.
 

Korxonada mehnat qilayotgan 7 nafar xotin-qizlar esa yurtimizdagi mehmonxona va xostellar uchun mahalliylashtirilgan sintepon mahsulotidan yostiq hamda koʻrpa-toʻshaklar tikishyapti.

Yana bir guruh yoshlar bunyodkorlik ishlarida keng qoʻllaniladigan marmar toshlarni qayta ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishdi. Bu haqida Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar beradi.

Shodiyor MUTAHAROV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер