Yoshlarning boʻsh vaqti — yoshlar yetakchisining ish vaqti
Samarqand viloyati Payariq tumanidagi “Istiqlol” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi yoshlar oʻrtasida “Yoshlar ovozi” koʻrik-tanlovining mahalla bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlov davomida yosh oʻgʻil-qizlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini, futbol, stol tennisi va shaxmat boʻyicha musobaqalar ham tashkil etildi.

Tumanning Istiqlol mahallasi yoshlar yetakchisi Otamurod
Tadbirda Payariq tuman hokimi Zafar Ergashev ham qatnashib, tashkil etilayotgan mazkur tadbirning mazmun-mohiyati haqida toʻxtaldi. Shuningdek, musobaqalarda ishtirok etayotgan barcha yoshlarga omad tiladi.

— Sport bilan mashgʻul yoshlardan hech qachon yomonlik chiqmaydi, — deydi Istiqlol mahallasi yoshlar yetakchisi Otamurod

Tanlov hamda bellashuvlar yakunida gʻolib va sovrindorlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring