Yoshlarimiz ixtiro qilgan “aqlli” texnikalar

10:10 31 May 2018 Jamiyat
2800 0

Elektron moslamalar, turli yumushlarni bajarishga qodir robotlar...

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan “Robokidz” robototexnika maktabi hamkorligida o‘tkazilgan “Robo challenge — 2018” tanlovida qatnashgan borki, ushbu manzarani ko‘rib, kelajak haqidagi tasavvurlari yanada boyidi. Ayniqsa, ularning ixtirochilari o‘zimizning yoshlar ekani barchaning ko‘ksini g‘ururga to‘ldirdi. 

Tadbirda ta’kidlanganidek, ilk bor tashkil etilgan mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad bolalarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsiyalar, sport va ta’lim robototexnikasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, texnik ijodkorligini rag‘batlantirishdan iboratdir.

Tanlovda maktablarning o‘zida saralangan va yakuniy bosqichga tavsiya etilgan 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan ikki kishidan iborat 25 jamoa qatnashdi. Hakamlar hay’ati o‘g‘il-qizlar tomonidan ishlab chiqilgan robotlar, ularning tashqi ko‘rinishi, rangining o‘ziga xosligi, xususiyatini baholadi. Jarayonda texnikalarning kompyuter orqali boshqarilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Foliblarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Dilshod KARIMOV.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер