Yoshlar — Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari

12:20 30 Sentyabr 2022 Jamiyat
1273 0

Foto: Xalq so‘zi

OʼzLiDeP Samarqand viloyat Kengashi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan hamkorlikda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali talabalari bilan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Yoshlar — Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Gʻayrat Abdiyev, Navroʻz Rizayev, OʼzLiDeP Samarqand viloyat Kengashi vakillari va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Dastlab yigʻilganlarga xalq noyiblari tomonidan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Samarqand sammiti boʻyicha tushunchalar berildi. Bugungi shiddat bilan oʻzgarayotgan davrda yoshlarimizning ilm-fan taraqqiyotida ularning ulushi va faolligini oshirishga ahamiyat qaratish kerakligi, kelgusida yaxshi yetuk kadrlar boʻlib chiqishida eʼtiborni kuchaytirish kerakligi toʻgʻrisida oʻz fikr mulohazalarini bildirishdi.

Shuningdek, “Yangi avlod kadrlari” loyihasidan koʻzlangan maqsad – partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish, partiyaning rivoji uchun munosib faollarni tanlab olish hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, mustahkam vatanparvarlik gʻoyasini shakllantirish, siyosiy faolligini oshirish, yaxshi kadrlarni yetishtirib chiqarish va ularni qoʻllab-quvvatlash, hayotda munosib oʻrin egallashlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishdan iboratligi qayd etildi.

Qizgʻin savol-javoblar tarzida oʻtgan mazkur tadbir davomida siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland boʻlgan 15 nafar yoshlar partiya safiga kirish istagini bildirishdi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер