Yoshlar siyosati va sport vaziri Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash bosh kotibi bilan uchrashdi
Yoshlar siyosati sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashga aʼzo va kuzatuvchi mamlakatlar yoshlari oʻrtasida oʻzaro doʻstlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Samarqand shahrida yoshlar kengashining VI yigʻilishi, Yosh liderlar forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov tashkilot bosh kotibi Qayrat Saribay bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Samimiy va doʻstona ruhda boʻlib oʻtgan uchrashuvda davlat organlari va jamoat tashkilotlarining yoshlar bilan ishlash boʻyicha mushtarakligini oshirish, yigit-qizlar oʻrtasida umumiy insonparvarlik intilishlari va muammolarni hal etishga doir yondashuvlarni shakllantirish forumning asosiy yoʻnalishlaridan ekanligi, umumiy saʼy-harakatlar, sheriklik va ishonchni mustahkamlash orqali ezgu maqsad — mamlakatlarimiz tinchligi, barqarorligi va farovonligini taʼminlashga erishish mumkinligi alohida taʼkidlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring