Yoshlar parlamenti Yevropa Ittifoqining Yoshlar maslahat kengashi bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatmoqda

21:24 09 Aprel 2026 Siyosat
404 0

Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda Yevropa Ittifoqi huzuridagi Yoshlar maslahat kengashi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muloqot davomida yoshlarning parlament jarayonidagi faolligini oshirish, institutsional hamkorlikni kengaytirish hamda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Yoshlar maslahat kengashi faoliyati haqida maʼlumot berildi. Mazkur maslahat platformasi Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi hamkorlik dasturlari va siyosatlarida yoshlar fikrini shakllantirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida yoshlar diplomatiyasi, parlamentlararo muloqot va xalqaro maydonlardagi qoʻshma loyihalarda yoshlar ishtirokni kengaytirish, shuningdek, kelgusida qator qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?