Yoshlar nigohida rangin olam surati
Foto: Xalq so‘zi
Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Ranglar jilosi” deb nomlangan koʻrgazma ish boshladi. Unga mazkur oliygohning yengil sanoat texnologiyasi fakulteti dizayn yoʻnalishida tahsil olayotgan ikki talaba - Mohinur Bahodirova va Guloyim Oʻktamovaning ijodiy ishlaridan namunalar qoʻyilgan. Tasviriy sanʼat ixlosmandlari bu yerda umidli ijodkorlarning 180 dan ortiq asarlari bilan tanishishlari mumkin.

Har ikki muallifning izlanishlari mahsuli bu ishlanmalar oʻqish jarayonida olingan bilimlar va talabalarning shaxsiy yondashuvi asosida yaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Ushbu asarlar kompozitsiya, rang-tasvir, qalam tasvir, portret va natryumort janrlarida ishlangan.
— Talabalarimiz tashkil etgan koʻrgazmadagi har bir asar kishiga ruhiy sokinlik, maʼnaviy zavq beradi, — deydi institut rektori Odiljon Mamatkarimov. — Ular nozik did bilan yaratilgani, oʻziga xos falsafiy mazmunga egaligi bilan bogʻliq bu. Yana bir jihati, qizlarimizning ijodiy izlanishlar oʻz tengdoshlariga ijodiy intilish uchun motivatsiya beradi.
Yosh moʻyqalam sohibalarining ijodiy ishlar koʻrgazmasi namoyishi bir haftaga moʻljallangan.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring