Yoshlar konstitutsiyaviy islohotlarga befarq emas
Foto: Xalq so‘zi
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax filialida oʻtkazilgan yoshlar bilan uchrashuvda konstitutsiyaviy islohotlarning zarurati va mohiyati xususida atroflicha soʻz yuritildi. Taʼkidlanganidek, bugun yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi qizgʻin jarayonga yoshlarimizning befarq emasligi, oʻzgarish va yangilanishlarga daxldorlik hissi bilan yondashuv koʻnikmasi shakllanib borayotgani alohida eʼtirofga loyiqdir.

— Mamlakatimiz ertasi boʻlgan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bilimli, yetuk, salohiyatli inson sifatida kamol topishi uchun koʻmaklashish, huquq va erkinliklarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy asoslari takomillashtirilayotgani ayni muddaodir, — deydi Jizzax viloyat “Kelajak liderlari” klubi prezidenti Dilshod Mirzayev. — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax filialida yoshlarga “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyati mutaxassislar tomonidan chuqur tushuntirib berildi.
Tadbirda Qonun loyihasining 65-moddasi, 93-moddasi va 105-moddasiga kiritilayotgan oʻzgarish va qoʻshimchalar yoshlarda koʻproq qiziqish uygʻotdi. Ular mutaxassislardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring