Yoshlar ishlari agentligi Toshkentdagi yoshlar forumi uchun qancha mablagʻ ajratgani maʼlum boʻldi

15:47 26 May 2021 Jamiyat
1449 0

Toshkent shahrida 5 kun davom etgan Toshkent 5 tashabbus harakati - 2021 yoshlar forumi yakunida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev eng ilgʻor va tashabbuskor volontyorlar bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot tarzda oʻtkazilgan uchrashuvda volontyorlik istiqbollari, Oʻzbekistonda volontyorlik faoliyatini rivojlantirishga doir aniq takliflar hamda uchrayotgan muammolar boʻyicha fikrlar bildirildi.

Alisher Saʼdullayevning maʼlum qilishicha, respublikaning barcha hududlarida “Volontyorlar maktab”lari tashkil etiladi hamda 27 ta oliy taʼlim muassasalarida esa “Volontyorlik markaz”lari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Bundan tashqari volontyorlarni munosib ragʻbatlantirish, ularning faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Yil volontyori” tanlovi joriy etiladi.

Uchrashuv yakunida “Eng yaxshi volontyorlik tashabbusi” tanlovining final bosqichi oʻtkazilib, volontyorlik guruhlari oʻzlari tomonidan oxirgi 1 yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan taqdimot qilishdi. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan eng yuqori ovoz toʻplagan 11 ta volontyorlik guruhlari noutbuk va yana 11 ta guruh yetakchilariga planshetlar topshirildi.

Agentlikning “Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, 5 tashabbus harakati yoshlar forumi doirasidagi loyihalarni amalga oshirishda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 250 million soʻm (sovgʻalardan tashqari) mablagʻ ajratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер