Yoshlar ish bilan taʼminlandi

10:41 08 Iyul 2024 Jamiyat
209 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yilida Bagʻdod tumanida yangi avlodni oʻz imkoniyat va salohiyatini yuzaga chiqarishiga koʻmaklashishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu yilda tumanda mahallalar kesimida xatlov jarayoni amalga oshirilib, ishsiz yigit-qizlarni doimiy bandligini taʼminlash choralari koʻrilyapti. Ezgu saʼy-harakatlar doirasida kuni kecha 20 nafar bagʻdodlik yoshlarning bandligini taʼminlashga erishildi.

Gap shundaki, tumandagi “Muruvvat” yoshlar kichik sanoat zonasida joylashgan “DEMUX 777” MCHJ rahbariyati tashabbusi bilan bir guruh yoshlar kasanachilik asosida ishga jalb etildi. Shu tariqa endilikda 20 nafar yoshlar korxonaning xoʻjalik sovun ishlab chiqarish jarayonida koʻmaklashadi. Ezgu maqsad yoʻlida ularga korxona rahbariyati tomonidan ishlab chiqarish uskunalari topshirildi.

— Bugun menga ham subsidiya asosida sovun ishlab chiqarish uskunasi berildi, — deydi “Matqulobod” MFYda yashovchi Asrorjon Imomnazarov. — Bu borada tadbirkorlik koʻnikmasiga ega boʻlgach, keyinchalik oʻz biznesimni yoʻlga qoʻyishni maqsad qilganman.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер