Yosh tadbirkorlarga subsidiya ajratildi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Bu yil Asaka tumanidagi umumtaʼlim hamda professional taʼlim muassasalarini 5 ming nafarga yaqin yigit-qizlar tamomladi. Ularning aksariyati abituriyent sifatida oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirgan boʻlsa, baʼzi yoshlar tadbirkorlik faoliyatini boshlash arafasida. Viloyat hokimligi, bank muassasalari vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan uchrashuvda shu toifa bitiruvchilar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Unda yoshlarning ishbilarmonlik qobiliyati va imkoniyatlari oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatildi.

— Tadbirkorlar oilasida ulgʻayganim uchun mustaqil ish boshlamoqchiman, — deydi Sevinchoy Abdujalilova. — Loyiham masʼullarda qiziqish uygʻotdi. Imtiyozli kredit mablagʻi ajratishdi. Subsidiya asosida tikuv mashinalari bilan taʼminlashdi. Endi bu eʼtibor tufayli oʻzim bilan birga, 5 nafar tengdoshim ham doimiy ish joyiga ega boʻladi.
Shu kuni 33 nafar bitiruvchilarga subsidiya, 7 kishiga imtiyozli kredit mablagʻi ajratildi. Asaka tumanida yosh tadbirkorlar soni 40 nafarga ortdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring