“Yosh sardor X“ loyihasiga start berildi
Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"
“Xalq soʻzi ONLINE”/Yulduz Oʻrmonova. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda “Hi China“ dunyo yoshlarini rivojlantirish forumi oʻrtasida imzolangan oʻzaro hamkorlik Memorandumi doirasida tashkil etilgan loyiha tadbirlari boshlandi. Tadbirga bir guruh xitoylik talabalar hamda kuzatuvchi doktor va professorlar tashrif buyurdi.
Tashrifdan asosiy maqsad xitoy va oʻzbek talabalari oʻrtasida maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish, doʻstlik aloqalarini yanada mustahkamlash va taʼlim yoʻnalishlarida hamkorlik qilishga qaratilgan “Yosh sardor X“ loyihasini oʻtkazishdan iborat. “Yoshlar press-klubi“ da ushbu loyihaning rasmiy ochilishi boshlandi. Tadbirni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi birinchi oʻrinbosari Alisher Saʼdullayev ochib berdi.
— Oʻzbekistonga bu yil yettinchi marotaba kelishim, — deydi “Hi China“ dunyo yoshlarini rivojlantirish forumi ijrochi prezidenti Si Lyu. — Oʻzbekistonda soʻnggi ikki yilda olib borilayotgan islohotlar Xitoyda qirq yildan buyon davom etmoqda. “Yosh sardor X“ loyihasi asosida xitoy va oʻzbek talaba yoshlari oʻrtasida taʼlim hamda madaniyat yoʻnalishlarida doʻstlik aloqalarini rivojlantirish hamda bilim va tajriba almashishdan iborat.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring