Yosh chempion – ota yurtida

10:35 10 Yanvar 2022 Jamiyat
791 0

Foto: Халқ сўзи

Samarqand azaldan zakiy, ilmiy va ijodiy salohiyati yuqori iqtidor egalarining beshigi boʻlib kelgan. Atigi 17 yoshida chinakam aql-zakovat bahsi – shaxmat olamida betakror oʻyin koʻrsatib, dunyo ahlini lol qoldirgan Nodirbek Abdusattorov uchun ham Samarqandning boʻlakcha oʻrni bor. Chunki otasi – polkovnik, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi oʻqituvchisi Fazliddin Ochilov Samarqandning Narpay tumani Bolgʻali qishlogʻidan. Bobosi – Abdusattor ota esa shu qishloqda bolalarga uzoq yillar saboq bergan, faxriy oʻqituvchi. Nodirbekning bolalik xotiralaridagi eng yorqin, eng masrur lahzalar mana shu Samarqand zamini bilan bogʻlangan boʻlsa, ne ajab.

Kuni kecha Nodirbek Abdusattorov ota yurti – Narpayga keldi. Uning bu galgi tashrifi narpayliklar uchun, ayniqsa, shu yerlik yoshlar uchun bayramga aylandi. Yosh chempion tengdoshlari bilan uchrashuvda aniq maqsad sari intilish yutuqlar garovi ekanligini aytdi, galdagi rejalarini soʻzlab berdi.

Soʻng tumandagi 13-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida shaxmatga qiziquvchilar bilan uchrashdi. Biryoʻla 18 nafar raqib bilan dona surib, “master-klass” oʻtkazdi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер