“Yongin xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
Respublikamiz boʻylab “Yongin xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda. Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlarni olib bormoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent shahar Bektemir tumani “Suvsoz” dahasida qurilayotgan koʻp qavatli bino ishchi-xodimlari bilan tashkil etildi.
Unda soha xodimlari tomonidan quruvchilarga is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, yongʻin va texnika xavfsizligi, shuningdek, boshqa yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari va zarur tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga xavfsizlik qoidalarigi rioya etish hamda kerakli maʼlumotlarni oʻzida aks etgan buklet va eslatmalar tarqatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring