Yashirin fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi
Davlat ekologiya qoʻmitasi tasarrufidagi “Hisor” davlat qoʻriqxonasi Gʻilon boʻlimi qoʻriqlash xodimlari tomonidan oʻrnatilgan yashirin fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi.
Turkiston silovsini Oʻzbekiston Respublikasi va xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan boʻlib, hozirgi kunda noyob tur hisoblanadi. Bu jonivor kuzatuvlarga koʻra, qoʻriqxonaning Gʻilon, Miraki, Tanxozdaryo va Qizilsuv boʻlimlarida uchraydi.
Turkiston silovsini Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan doimiy muhofazaga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring