Yashillik — umid, hayot va kelajak, demakdir!
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligidan xabar berishlaricha, Konimexdagi qarovsiz cho‘l hududida endi yashillikka to‘la “yashil belbog‘” paydo bo‘ldi.
Gap shundaki, “Aziya Trans Gaz” qo‘shma korxonasi tashabbusi bilan avvaliga 8 gektar yerga qayrag‘och, jiyda va boshqa iqlimga mos daraxt-butalar ekildi. Buning uchun mutaxassislar jalb qilinib, tuproqni “barhayot” qilish uchun bioo‘g‘itlar, biogumuslardan foydalanildi.
“Inson qo‘li gul” deganlaridek, cho‘l o‘rnida bugun 20 mingga yaqin manzarali hamda mevali daraxtlar o‘sib turibdi. Va bu bilan hudud nafaqat xushmanzara, balki tabiiy havo tozalaydigan, tuproqni barqarorlashtiruvchi hamda atrof-muhitni yaxshi tomonga o‘zgartiruvchi maskanga aylanyapti.
Bunday tashabbuslar yurtimiz ekologik holatini yaxshilashga xizmat qiladi. Chunki har bir daraxt — bu umid, hayot va kelajak, demakdir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring