Yashil energiya afzalliklari
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Mutaxassislarning maʼlum qilishicha, mamlakatimizda quyosh va shamol energiyasi salohiyati elektrga boʻlgan hozirgi ehtiyojni 10-12 barobar ortigʻi bilan qoplashga yetadi. Bu esa joylarda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishni taqozo etadi. Bu borada Andijon viloyatida 2023-2024-yillarda 1626 ta ijtimoiy soha obyektlari, 12826 ta aholi xonadonlari va 33 ta koʻp qavatli uylarga quyosh panellari oʻrnatilganligi oʻzining ijobiy samarasini bera boshladi.
— Oʻtgan yili xonadonimga 10 kvt.li quyosh panelini oʻrnatgan edim, — deydi Andijon shahrida istiqomat qiluvchi Abdurahmon Obidjonov. — Samarasini dastlabki kunning oʻzidayoq sezdim. Ehtiyojimdan ortgan har bir kvt. elektr energiyasini davlatga ming soʻmdan sotdim. Joriy yilda yana qoʻshimcha 10 kvt.li panel oʻrnatdim. Buning natijasida sarflangan elektr energiyasidan tashqari har oyda 2,5 mln. soʻmdan ziyod daromad topish imkoniga ega boʻldim.

Ayni paytda viloyatda 2 mingdan ortiq aholi bilan shartnomalar tuzilgan. Endi ular oʻz isteʼmolidan ortgan elektr energiyasini davlatga sotish orqali qoʻshimcha mablagʻga ega boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring