Yaralangan qush qutqarildi

12:07 28 Mart 2025 Jamiyat
282 0

Ahmadali SHERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining Oqoltin tumani boʻlimi inspektorlari nazorat reyd tadbirlari asnosida simyogʻochga ilinib, jiddiy jarohat olgan laylakni koʻrib qoldi. Ular zudlik bilan parrandani qutqarishga kirishdi.

Boshqarmaning matbuot xizmati xabariga koʻra, jarohatlangan qush maxsus parvarish uchun Oqoltin tumani veterinariya boʻlimida mutaxassislar tomonidan koʻrikdan oʻtkazildi.

Hozirda laylak zarur parvarish va davolash jarayonida boʻlib, uning sogʻayishi uchun barcha choralar koʻrilmoqda. Laylak toʻliq sogʻaygach, yana tabiat qoʻyniga qaytariladi.

Maʼlumot uchun. Sirdaryo viloyatining suvloq hududlarida, ayniqsa, Mirzaobod, Guliston, Oqoltin, Sardoba, Sirdaryo tumanlarida laylaklar juda koʻp uchraydi. Ezgulik va farovonlik ramzi boʻlgan ushbu parrandaning fandagi nomi “Turkiston oq laylagi”dir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер