Yaqin Sharqdagi keskinlik sabab 8 mingga yaqin rossiyaliklar uylariga qaytolmayapti
Yaqin Sharq davlatlari osmoni yopiqligi sababli 8 mingga yaqin rossiyaliklar uchinchi mamlakatlarda qolib ketgan. Bu haqida “Kontext” Telegram-kanali xabar berdi.
Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi maʼlumotlariga koʻra, hozirda Fors koʻrfazi orqali tranzit reyslarining kechikishi va bekor qilinishi tufayli 6 ming nafardan 8 ming nafargacha boʻlgan rossiyalik sayyohlar uylariga qaytolmayapti.
“Asosiy oqim Air Arabia, Qatar Airways, Emirates, flydubai, Gulf Air va Oman Air aviakompaniyalaridan chiptalari boʻlgan yoʻlovchilardan iborat. Bugun, 1-mart kuni mintaqada 700 dan ortiq reys bekor qilindi”, deyiladi assotsiatsiya bayonotida.
Shuningdek, BAA hukumati mamlakatdagi jarohatlangan va manziliga keta olmagan sayyohlar uchun turar joy va taʼminot bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplab berilishini maʼlum qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring