Yaponiyaning ROTOBO assotsiatsiyasi prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazildi

12:42 28 Noyabr 2023 Siyosat
146 0

Joriy yilning 26-noyabr kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yaponiyaning ROTOBO assotsiatsiyasi prezidenti Masami Iijima bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Yaponiyaning yirik kompaniyalari ishtirokida yashil energiya, qishloq xoʻjaligi va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida oʻzaro hamkorlikning yangi formatlari va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yaponiya va Oʻzbekiston ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashni ragʻbatlantirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

ROTOBO 1967-yilda tashkil etilgan. Assotsiatsiya tarkibiga 200 ga yaqin savdo firmalari, turli sohalardagi korxonalar, banklar, aktsiyadorlik jamiyatlari, sanoat birlashmalari, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер