Yaponiyalik shifokorlar “COVID-19”ning yangi shtammi paydo boʻlishidan jiddiy ogohlantirmoqda

16:49 27 May 2021 Dunyo
1248 0

Foto: Getty Images

Yaponiya shifokorlari kasaba uyushmasi rahbari Naoto Ueyama Olimpiadani Tokioda oʻtkazish epidemiologik vaziyatni jiddiy ravishda murakkablashtirishi va hatto koronavirusning “olimpiya” shtammining paydo boʻlishiga sabab boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Ueyamaning aytishicha, sport tadbiriga 200 mamlakatdan vakillar keladi. Shunday ekan, Yaponiyaga dunyoning turli mamlakatlaridan COVID-19 variantlari olib kelinadi.

“Virusning turli joylarda mavjud boʻlgan barcha mutant shtammlari Tokioda birlashadi. Olimpiya oʻyinlaridan keyin paydo boʻladigan yangi shtamm paydo boʻlish ehtimolini ham inkor eta olmaymiz”, deydi u.

Oldinroq, Yangi Zelandiyaning Otago universiteti professori, epidemiolog, mamlakat hukumati maslahatchisi Maykl Beyker ham ushbu masalaga toʻxtalib oʻtgan edi. Uning taʼkidlashicha, joriy yilning yozida Tokioda Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish hozirgi epidemiologik sharoitda bemaʼnilik va bunday qarorning qiymati insonlar hayoti bilan teng.

Koronavirus pandemiyasi sababli 2020-yil 24-martida Tokioda boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlarini 2021-yilga qoldirishga qaror qilindi. Musobaqani joriy yilning 23-iyul — 8-avgust kunlari oʻtkazish rejalashtirilgan. 

Ammo yaponiyaliklar Olimpiadani oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlamayapti. Xususan, soʻrovlarda yaponlarning qariyb 80 foizi Olimpiadani keyinga qoldirilishini yoki umuman bekor qilinishini istashini bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер