Yaponiyada yangi Bosh vazirni saylash 14-sentyabrga belgilandi

22:43 02 Sentyabr 2020 Dunyo
802 0

Xabaringiz bor, oʻtgan haftada Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe sogʻligʻi yomonlashgani tufayli oʻz vazifasini muddatidan avval boshqa yetakchiga topshirishini maʼlum qilgandi.

Yaponiyadagi hukmron Liberal demokratik partiya yangi Bosh vazir 14-sentyabrda saylanishi haqida maʼlum qildi. 

Liberal demokratik partiyaning bosh kengashi oʻzining yigʻilishida saylov kuni 14-sentyabr boʻlishini maʼqullagan. 16-sentyabrda esa Yaponiya hukumatining yangi rahbari parlamentda tasdiqlanishi kutilmoqda. 

Shuningdek, Bosh vazirlikka nomzodlarni roʻyxatdan oʻtkazish 8-sentyabrga belgilandi.

Yaponiyada Bosh vazirni parlament saylaydi. Parlamentdagi eng koʻp oʻringa ega partiya yetakchisiga aylangan shaxs bir vaqtning oʻzida Bosh vazir lavozimini ham qoʻlga kiritadi.

Ayni paytda Abening davomchisi boʻlishga 4 nafar nomzod boʻlib, ularning ichida Yoshihide Suganing Yaponiya Bosh vaziri boʻlishining ehtimoli koʻproqligi aytilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер