Yaponiyada kuchli zilzila sodir boʻldi. Jabrlanganlar bor

23:36 07 Oktyabr 2021 Dunyo
1428 0

Foto: Reuters

6,1 magnitudali zilzila poytaxt Tokioga qoʻshni Chiba prefekturasida sodir boʻlgan. Bu haqda Yaponiyaning bosh meteorologiya boshqarmasi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, tabiiy ofat mahalliy vaqt bilan 22:41 da yuz bergan. Zilzila taʼsiri Yaponiyaning 47 prefekturasidan 26 tasida sezilgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha maʼlumot yoʻq. Sunami xavfi ham eʼlon qilinmadi.

Mahalliy NHK telekanali esa kamida besh kishi jarohatlangani haqida xabar tarqatdi.

Bosh vazir Fumio Kisida maʼlumotlarni aniqlashtirish va odamlarning hayotini saqlab qolish uchun choralar koʻrishga chaqirgan.

Hukumat bosh kotibi Xirokazu Matsunoning aytishicha, favqulodda xizmatlarga, asosan, Kanto mintaqasi, Tokio va unga yaqin prefekturalarda koʻp sonli murojaatlar boʻlgan.

Bosh kotib yadroviy inshootlarda, xususan, Kavasaki shahridagi “Toshiba” yadro texnologiyalari tadqiqot institutida favqulodda vaziyat boʻlmaganini qayd etdi.

"Kyodo“ agentligi esa Ibaraki prefekturasidagi “Tokay-2” atom elektr stansiyasi ishida uzilishlar kuzatilmagani xabar qildi.

OAV maʼlumotlariga koʻra, Tokioda metro poyezdlari harakati toʻxtatilgan. Zilziladan soʻng 250 ga yaqin uy elektr taʼminotidan uzilib qolgan.

Tokiodagi “Nippori-Toneri Liner” yoʻnalishida poyezd qisman relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida uch kishi jarohat olgani aytilmoqda. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер