Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar soni 80 mingdan oshdi
Yaponiyada 100 yoshdan oshgan fuqarolar soni 80 mingdan oshdi.
Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, birgina o‘tgan yilning o‘zida ularning soni 9.176 kishiga ko‘paygan Yaponiyada bugungi kunda 100 yoshdan oshgan 80.450 kishi yashamoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu statistikaning 88 foizini ayollar tashkil etadi (70.975 kishi). Yaponiyadagi eng keksa ayol 117 yoshda bo‘lib, Fukuoka prefekturasida yashaydi. 110 yoshdagi eng keksa erkak esa Nara prefekturasida istiqomat qiladi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili mamlakat bo‘ylab 100 yoshdan oshgan yapon aholisining soni birinchi marta 70 mingdan ortiqni qayd etgan.
Ammo shuning bilan birga, mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra, agar hozirgi demografik muammolar davom etsa, 2053 yilga kelib Yaponiya aholisi hozirgi 127 million kishidan 100 millionga, 2065 yilga kelib esa 88 million kishiga kamayadi.
Bundan tashqari, aholining 38 foizini 60 yoshdan katta bo‘lgan aholi tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring