Yaponiya Ukrainaga 100 million dollardan ortiq moliyaviy yordam ajratadi

22:19 15 Aprel 2022 Dunyo
1132 0

Illyustrativ foto

Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Yaponiya hukumati Ukrainaga taxminan 102 million dollar miqdorida yordam berishini aytdi.

Siyosatchining soʻzlariga koʻra, bu mablagʻlar mamlakat va xalqning zarur ehtiyojlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.  Shmigalning taʼkidlashicha, Ukraina barcha darajadagi va yordam berishga qodir har bir kishi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Maʼlumki, 24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR rahbarlarining yordam soʻroviga javoban Donbassni himoya qilish uchun “maxsus harbiy operatsiya” boshladi. Shundan soʻng Rossiya harbiy kuchlari Ukraina hududiga kiritildi.

Bunga javoban Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi. Koʻplab davlatlar Rossiyaga, jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH Rossiya prezidenti Vladimir Putin, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kabi bir qator rasmiylar, shuningdek, tadbirkorlar va jurnalistlarga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер