Yaponiya Bosh vaziri kasalxonaga tushdi
Arxiv surat
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Yaponiyaning “NHK” teleknali xabar bermoqda. Avvalroq, Yaponiya Bosh vazirining pandemiya davrida haddan tashqari koʻp ishlaganligi bois charchagani maʼlum qilgandi.
«Hukumat rahbari dushanba kuni kechqurun Keyo universiteti kasalxonasida tekshiruvdan oʻtganidan soʻng uyiga qaytishni rejalashtirmoqda», deya taʼkidlamoqda vaziyatdan yaxshi boʻlgan manba.
Tibbiy koʻrikdan oʻtishning sababi esa hozircha nomaʼlum. Yaponiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, bu rejalashtirilgan tibbiy koʻrik boʻlib, bundan tashvishga tushishga hojat yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring