Yaponiya Bosh vaziri yetti kun ichida ikkinchi bor kasalxonaga murojaat qildi
Foto: Reuters
Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe bir hafta ichida ikkinchi marta tibbiy koʻrikdan oʻtish kasalxonaga murojaat qilgan. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq, mahalliy OAVda hukumat rahbarining jiddiy kasal boʻlib qolganligi bois oʻz lavozimini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar berilgan edi. Eʼtiborli jihati, 65 yoshli siyosatchi faoliyati davomida birinchi marotaba joriy yilning 17-avgust kunini kasalxonada oʻtkazgandi.
Oʻz navbatda, Abe maʼmuriyati Bosh vazirning sogʻligʻi yaxshiligini taʼkidlagan holda kasalxonaga boʻlgan ikkinchi tashrifning boisi birinchi tibbiy koʻrikning davomi ekanligini maʼlum qildi.
Eslatib oʻtamiz, Sindzo Abe hukumat rahbari sifatida Yaponiya tarixida rekord natijani qayd etgan. U hukumatni 2012-yil dekabr oyi, yaʼni 2799 kundan buyon boshqarib kelmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring