Yaponiya bilan hamkorlik va doʻstlik aloqalari har sohada mujassam(Foto)
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Oʻzbekistondagi Yaponiya elchixonasi tomonidan bir guruh jurnalistlar uchun press tur tashkil etildi. Unda OAV xodimlariga yapon madaniyatiga aloqador maʼlumotlar taqdimoti namoyish etilib, hamkorlikda amalga oshirilgan bir qator ishlar bilan, xususan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil etilgan media oʻquv markazi, 121 maktabda oʻquvchilar uchun yoʻlga qoʻyilgan ingliz tili, mental arifmetika va matematika kurslari, shuningdek, Dzyudo federatsiyasi faoliyati bilan tanishtirildi.
Press turda jurnalistlarga Yaponiya elchixonasining iqtisodiyot va iqtisodiy masalalar boʻyicha birinchi kotibi Yamoto Yoko, JICA (Japan International Cooperation Agency) agentligi loyihalar direktori Mizuxo Kubota va boshqa hamkor tashkilot vakillari hamroh boʻldi.
Tahririyatimiz muxbirlari ushbu press turda ishtirok etdi. Bu haqida batafsil maqola tez orada “Xalq soʻzi” hamda “Narodnoye slovo” gazetalarida, shuningdek, xs.uz online rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Yulduz Oʻrmonova,
Oybek Boltaboyev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring