Yanvarda 668,2 mlrd soʻmlik qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqarildi
2026-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 668,2 mlrd soʻmlik qogʻoz va qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Ishlab chiqarish hajmi hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 0,3 mlrd soʻm;
- Andijon viloyati – 49,2 mlrd soʻm;
- Buxoro viloyati – 11,1 mlrd soʻm;
- Jizzax viloyati – 4 mlrd soʻm;
- Qashqadaryo viloyati – 1,6 mlrd soʻm;
- Navoiy viloyati – 2,1 mlrd soʻm;
- Namangan viloyati – 20,2 mlrd soʻm;
- Samarqand viloyati – 34,4 mlrd soʻm;
- Surxondaryo viloyati – 0,5 mlrd soʻm;
- Sirdaryo viloyati – 3 mlrd soʻm;
- Toshkent viloyati – 206,1 mlrd soʻm;
- Fargʻona viloyati – 32,4 mlrd soʻm;
- Xorazm viloyati – 22,1 mlrd soʻm;
- Toshkent shahri – 281 mlrd soʻm.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 17,8 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring