Dehqonobodda 4 oy ichida 9 ta ko‘prik qurib bitkazildi

11:06 04 Aprel 2023 Jamiyat
716 0

Foto: Xalq so'zi

2022 yil bahoridagi kuchli yog‘ingarchilik natijasida Dehqonobod tumanidagi Kichik O‘ra daryosi o‘zanidan toshib, tumanning Chambil, Beliboyli va Oqtosh mahallalaridagi bir nechta ko‘priklarni yuvib ketgan edi.

-  Aslida bu ko‘priklarning aksariyati 40-50 yil avval hashar yo‘li bilan qo‘lbola usulda qurilgan, xavfsizlik talablariga mutlaqo javob bermasdi, - deydi tumanning Oqtosh mahallasi Terskoy qishlog‘ilik Ravshan bobo To‘rayev. – Daryoning u tomonidan bu tomoniga amal o‘tib qaytib turgan ayna shu ko‘priklarimizni ham sel olib ketgach, haqiqiy qiyinchilik boshlandi.

Foto: Xalq so'zi

O‘z navbatida aholi bu muammo haqida mas’ul tashkilotlarga ham ko‘p bora murojaat qilgan. Natijada tuman hokimligi tomonidan muammoning ko‘lamiga to‘g‘ri baho berilib, ushbu mahallalarda mustahkam va zamonaviy ko‘priklarni qurish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlab yuboriladi.

Foto: Xalq so'zi

-  Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, Chambil, Beliboyli va Oqtosh mahallalaridagi sel yuvib ketgan ko‘priklar o‘rnida 4 oy ichida 9 ta zamonaviy, mustahkam ko‘priklar barpo etildi, - deydi tuman hokimi o‘rinbosari Sherdil Ergashev. - Shuningdek, Beliboyli, Boshchorbog‘, Boyqo‘rg‘on, Chilgaz hamda Torqopchug‘ay qishloqlarida yana 5 ta shunday ko‘prikalar barpo etishni rejalashtirganmiz.

Jahongir BOYMURODOV, 
“Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер