Yangihayot tumanida xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi

21:27 09 Aprel 2026 Siyosat
465 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1 va PQ–2-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash doirasida Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi K.Burxanov hamda Soliq qoʻmitasi raisi F.Pulatov boshchiligidagi ishchi guruh poytaxtning Yangihayot tumanida oʻrganish ishlarini olib bordi.

Oʻrganishlar davomida tuman mutasaddilari bilan birga mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda profilaktika ishlari samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Jumladan, “Yangi turmush” va “Yangi Choshtepa” mahalla fuqarolar yigʻini binosida tasdiqlangan “yoʻl xaritasi” doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi atroflicha oʻrganildi.

Shu bilan birga, masʼul rahbarlar tomonidan “mahalla yettiligi” bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, joylardagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Muloqotlar davomida aholi xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika ishlarini manzilli tashkil etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Oʻrganishlar yakunlari boʻyicha masʼul tashkilot va idoralar rahbarlariga tumandagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, “yoʻl xaritasi”da belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini tizimli tashkil etish hamda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер