Yangiariqda DXMning yangi binosi ishga tushdi
Xorazm viloyati Yangiariq tumani davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Endilikda markazga tashrif buyuruvchilarga keng va yorugʻ, shinam xonalarda qulay sharoitlarda xizmat koʻrsatiladi. Markaz binosida tuman Xalq qabulxonasi, Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha qabulxonasi, FHDYO boʻlimi, notarius, sugʻurta xizmatlari uchun maxsus xonalar ajratilgan. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun kutish zali, bolalar maydonchasi, bank shoxobchasi,info-kiosk, elektron navbat olish terminali fuqarolarga namunali xizmat koʻrsatish imkonini beradi. Taʼkidlash joiz, markazning yangi binosi eng zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan.
– Oʻtgan davr mobaynida fuqarolarga 47 mingdan ortiq 130 turdagi davlat xizmatlari koʻrsatildi, –deydi Yangiariq tumani davlat xizmatlari markazi rahbari Sardor Masharipov.– Barcha qulayliklarga ega yangi maʼmuriy binoning qurib foydalanishga topshirilishi tuman aholisiga davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yana-da yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Taʼkidlash joiz shu paytgacha viloyat shahar va tumanlarida davlat xizmatlari markazlari uchun zamonaviy loyihalar asosida qurilgan 5 ta yangi bino foydalanishga topshirildi.
Odilbek Odamboyev,
(“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring