Yangi Zelandiyada deputat galstuk taqmagani uchun majlisdan chiqarib yuborildi. Janjal umummilliy tus oldi

15:43 10 Fevral 2021 Dunyo
1329 0

Yangi Zelandiya parlamenti aʼzosi deputat Raviri Vaytati galstuk taqmagani uchun majlisdan chiqarib yuborildi. 

Mahalliy maori aholisi vakili majlisda maʼruzachi Trevor Mallardga savol berishga uringan, ammo maʼruzachi faqat galstuk taqqan parlament aʼzolari savol berishi mumkinligini maʼlum qiladi. Bu janjal koʻtarilishiga sabab boʻlgan. 

Shundan soʻng, deputat majlisdan quvib chiqarilgan. Bu parlamentda ozchilikni tashkil qilgan milliy vakillarning qattiq gʻazabini keltirdi.

Vaytiti deputati, boʻyniga galstuk oʻrniga maori qabilasining anʼanaviy bezaklarini taqqan edi. Janjal umummilliy tus oldi. Yangi Zelandiya parlamenti rahbariyati Mallardning mahalliy aholisi anʼanalariga hurmatsizlikda ayblamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер