“Yangi Zarafshon”ning 52 yillik muammosi barham topdi

15:21 18 Sentyabr 2024 Jamiyat
284 0

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navoiy viloyatining Zarafshon shahridagi “Yangi Zarafshon” mahallasi oʻtgan asrning yetmishinchi yillarida tashkil topgan. Mahalla ahli bir qator infratizim qulayliklari hamda ijtimoiy muhofaza tadbirlaridan chetda qolgan edi.

Hudud “Obod mahalla” loyihasi asosida obodonlashtirilib, koʻchalarga asfalt yotqizildi. Elektr tarmoqlari yangilandi. Bir soʻz bilan aytganda, mahalla ahli ham Zarafshon shahri aholisi foydalanayotgan qulayliklardan bahramand boʻldi.

— Biroq aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash muayyan sabablar, yaʼni Zarafshon shahrining “Issiqlik manbai” DUK orqali ichimlik suvi bilan taʼminlanganligi tufayli biroz ortga surildi, — deydi “Navoiy suv taʼminoti” AJ direktori Otabek Zaripov. — Prezidentimizning qarori asosida joriy yilning 1-iyunidan boshlab “Issiqlik manbai” DUK tasarrufida boʻlgan Navoiy, Zarafshon shahri, Uchquduq tumani va Konimex tumanining Zafarobod shaharchasi “Navoiy suv taʼminoti” AJ balansiga oʻtkazildi. Bu “Yangi Zarafshon” mahallasida suv taʼminoti yaxshilanishiga imkon berdi.

“Yangi Zarafshon”ning ichimlik suvi bilan bogʻliq 52 yillik muammolari barham topdi. Bugun mahalla ahli “Islohotlar inson uchun” tamoyili samaralarini oʻz hayotlarida chinakam his etayotganidan mamnun.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер