Yangi uy kalitlari oʻz egalariga topshirildi
Bayram kunlari Navoiy shahrida 426 oila oʻz xonadonlarida uy toʻylarini nishonlashadi.
Ushbu xonadonlarning 210tasi shahar aholisining turar joyga oʻta muhtoj qatlami uchun uzoq muddatli kredit asosida bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.
Umuman joriy yil viloyat boʻyicha aholining ijtimoiy muhofazalangan oilalari uchun 1006 ta xonadonlar bunyod etilib, ularning 400 tasi Navoiy shahrida foydalanishga topshiriladi.

Mazkur uylarning kalitlarini topshirish tantanalarida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor fuqarolarga nogironlik aravachalari ham taqdim etilmoqda.
Shuningdek, shaharda “ZARAFSHON GOLDEN GROUP” kompaniyasi tomonidan 17 100 mln. soʻmlikdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilib, zamonaviy shaharsozlik meʼyorlari asosida koʻrkam tarzda bunyod etilgan 216 ta xonadonli uy ham shuncha oilaning bayram quvonchini qoʻshaloq qildi. Mazkur qoʻp qavatli uyning birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari, yon-atrofida bolalar maydonchalari, hordiq uchun ayvonchalar va oʻrindiqlarning yangicha dizayn bilan oʻrnatilganligi uy sohiblariga manzur boʻlmoqda.

Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring