Yangi tahrirdagi “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonunga qanday yangiliklar kiritilgan?

13:08 26 Oktyabr 2023 Jamiyat
274 0

Foto: Akmal Muhammadov, «Xalq so‘zi»

Joriy yilning 25 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatning navbatdagi yalpi majlisi oldidan Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda senatorlar, vazirlik va idoralar mas’ullari, ekspertlar, shuningdek, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari raislari hamda Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdi.

Majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinishi rejalashtirilayotgan masalalar ko‘rib chiqildi.

Xususan, “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi, “Soliq va byudjet qonunchiligi  takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Probatsiya to‘g‘risida”gi hamda “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan  O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Ta’kidlanganidek, so‘ngi paytlarda yo‘l-transport hodisasi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lmoqda. Mazkur holat nafaqat bizning balki, butun dunyoning dolzarb muammosiga aylanib ulgurgan.

Bugungi davrning o‘zi sohani tartibga soluvchi amaldagi qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni hamda uni yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. 
  Shu maqsadda “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri ishlab chiqilgan. Qonundagi eng muhim yangiliklardan biri ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarda to‘xtab turish joylarini qurish va atrof muhit, aholining sog‘lig‘i va osoyishtaligiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish nazarda tutilmoqda. 

Shuningdek, Qonunda yo‘l harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari ham aniq belgilab qo‘yilmoqda. Xususan, yo‘llarda yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishiga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan kafolatlanmoqda.

Mazkur Qonun yo‘llarda yurtdoshlarimiz xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakatini to‘g‘ri va tizimli yo‘lga qo‘yish, mutasaddi organlar o‘rtasida samarali hamkorlikni joriy qilish, shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilishi senatorlar tomonidan alohida ta’kidlandi.

Majlis davomida Senat yalpi majlisida muhokama qilinishi rejalashtirilgan boshqa qonunlarga to‘xtalib o‘tildi. 

Muhokamalar yakunida Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер