Yangi saylangan besh davlat BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan aʼzolari oʻrinini egalladi

18:33 04 Yanvar 2023 Dunyo
1042 0

Joriy yil 1-yanvardan boshlab Malta, Mozambik, Shveysariya, Ekvador va Yaponiya ikki yil davomida BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan aʼzolari oʻrnini egalladi.

Kecha BMT bosh qarorgohida Xavfsizlik Kengashining yangi saylangan besh nafar doimiy boʻlmagan aʼzoligiga tanlangan davlatlarning bayroqlarini tantanali koʻtarish marosimi boʻlib oʻtdi.

Yaponiya yanvar oyida Xavfsizlik Kengashiga raislikni oʻz zimmasiga oldi.

Xavfsizlik Kengashi 15 ta davlatdan iborat boʻlib, ulardan beshtasi — Rossiya, Xitoy, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya Kengashning doimiy aʼzolari va veto huquqiga ega. Kengashning 10 nafar doimiy boʻlmagan aʼzosi ikki yil muddatga saylanadi. Ulardan beshtasi har yili almashadi.

Nomzodlar beshta mintaqaviy guruh — Afrika, Lotin Amerikasi va Karib havzasi, Sharqiy Yevropa, Osiyo-Tinch okeani, Gʻarbiy Yevropa va boshqa davlatlar tomonidan koʻrsatiladi.

Malta, Mozambik, Shveysariya, Ekvador va Yaponiya 2021-yilda saylangan doimiy boʻlmagan Kengash aʼzolari — Albaniya, Gabon, Gana, Braziliya va BAA qatoriga qoʻshildi. Yangi saylangan doimiy boʻlmagan aʼzolar Hindiston, Irlandiya, Keniya, Meksika va Norvegiya oʻrnini egalladi.

BMTga Nizomiga koʻra, Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash uchun asosiy javobgardir. Xavfsizlik Kengashi BMTning yagona organi boʻlib, uning qarorlari tashkilotning barcha aʼzolari uchun majburiy hisoblanadi.

Rasmiy bayroq koʻtarish marosimi BMTda nisbatan yangilik hisoblanadi. U ilk bor 2018-yilda Qozogʻiston tashabbusi bilan oʻtkazilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер