"Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!”
Kelgusi yilda mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik yubiley bayramini katta tantana,
Binobarin, mustaqillik har bir yurtdoshimiz hayotiga yangicha mazmun, turmushiga farovonlik olib kirdi. Shu sababdan istiqlol degan ulugʻ neʼmat, avvalo, xalqimizga erkinlik va ozod hayotni, barchamizga oʻzligimizni anglash tuygʻusini bergan, Vatanimiz tarixida hech narsa bilan qiyoslab boʻlmaydigan buyuk sana hisoblanadi.
Istiqlol yillarida erishilgan yutuq va marralar zamirida mustaqillik atalmish bebaho neʼmatning qadr-qimmati namoyon. Yurt ravnaqi, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar inson
Mustaqillik yillarida bosib oʻtgan shonli yoʻlimizga nazar tashlab, ertangi kunimizga, oʻz kuch va imkoniyatlarimizga boʻlgan ishonchimiz yana-da ortmoqda.Mamlakatimizni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasiga muvofiq barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan islohotlar bu borada hal qiluvchi omil boʻlmoqda. Eng muhimi, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan daʼvatkor gʻoya hayotimizga tobora chuqur kirib borayotir.
Mubolagʻasiz aytamanki, bugun Oʻzbekiston tom maʼnoda dunyoga ochildi va koʻplab mamlakatlar bilan doʻstlik, hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻymoqda. Prezidentimizning qoʻshni mamlakatlar bilan yaqin, doʻstona munosabat oʻrnatishga qaratilgan shaxsiy tashabbusi mintaqada yangi siyosiy haqiqatni shakllantirdi.
Mustaqillik kuni — xalqimizning eng ulugʻ, eng aziz ayyomi. Har yili bu qutlugʻ sanani umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash
Unga binoan, 2021-yilgi umumxalq bayrami «Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼnaviy tadbirlar ruhida oʻtadi. Shak-shubhasiz, ushbu shior har bir vatandoshimizning qalbini mehr va iftixorga, vatanga sadoqat bilan xizmat qilib, yurtimizni
Aytish mumkinki, bu betakror bayram barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtiradi, ularning qalbida eng goʻzal va olijanob tuygʻularni uygʻotadi. “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” va “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyillari asosida fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish, huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashdek ezgu ishlarga chorlaydi, kishini.
Qarorda belgilanganidek, endilikda jamiyatda xotin-qizlarning oʻrni va nufuzini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini taʼminlash, oila, onalik va bolalikni har tomonlama himoya qilish, yosh qizlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun barcha chora-tadbirlar koʻriladi. Jahon miqyosida davom etayotgan koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqirozga qaramay, mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik qutlugʻ sanasini yuksak saviyada oʻtkazish boʻyicha amaliy harakatlar izchil davom ettiriladi.
Xulosa qilib aytganda, taraqqiyot, yuksalish, obodlik va farovonlik oʻz-oʻzidan boʻlmaydi. Bugun Oʻzbekistonda qaysi sohani olmang, istiqlol inʼom etgan ulkan imkoniyatlar hayotda oʻzining yorqin ifodasini topayotganini koʻrasiz. Zotan, biz qanday yutuq va natijalarga erishgan boʻlsak, bularning barchasi mustaqillik, istiqlol sharofatidir.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
OʼzLiDeP fraksiyasi aʼzosi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring