“Yangi Oʻzbekiston” massivlari — yangi hayot manzillari

14:09 28 Yanvar 2026 Jamiyat
254 0

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov, Boysun, Jarqoʻrgʻon, Angor va Termiz tumanlarida aholini zamonaviy va barcha zarur infratuzilmaga ega turar joylar bilan taʼminlash maqsadida “Yangi Oʻzbekiston” massivlari barpo etilmoqda.

Jumladan, Sariosiyo tumanidagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida qurilish ishlari izchil davom etmoqda. Massiv hududida barpo etilayotgan uy-joylar elektr energiyasi, markazlashgan issiqlik tizimi hamda kommunal xizmatlar bilan toʻliq taʼminlanmoqda.

“Makro global stroy” MCHJ tomonidan qurilib, foydalanishga topshirilgan 7 qavatli, 47 xonadonli turar joy binolari hudud koʻrkini yanada oshirdi.

Shuningdek, yaqinda 24 ming nafardan ortiq aholiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan zamonaviy oilaviy shifokorlik punkti ishga tushirildi. U zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanib, aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni sifatli va tezkor koʻrsatish imkonini yaratmoqda.

Ayni paytda hududda adaptiv sport zali, “Workout” maydonchasi, usti yopiq oʻyingoh va boshqa ijtimoiy obyektlar qurilishi olib borilmoqda.

Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер