Yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan avtobusning ekspres yoʻnalishlari vaqtinchalik harakatini boshlaydi — “Toshshahartransxizmat”

10:30 04 Sentyabr 2023 Jamiyat
584 0

2023-2024 oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan joriy yilning 4-sentyabr kunidan boshlab quyida keltirilgan ekspres yoʻnalishlari vaqtinchalik harakatini boshlaydi:

— “TashPTI (SamPI) - Buyuk ipak Yoʻli metrosi” M.Ulugʻbek shoh koʻchasi orqali 5 dona;
— “TTZ ASHB - Buyuk ipak Yoʻli metrosi” M.Ulugʻbek shoh koʻchasi orqali 5 dona;
— “TTZ ASHB - Buyuk ipak Yoʻli metrosi” Buyuk ipak Yoʻli koʻchasi orqali 5 dona katta hajmli MAN RR3 rusumli turistik avtobuslar aholiga transport xizmatlarini koʻrsatadi.

“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati xabariga koʻra, yoʻnalishning ish vaqti soat ertalab 7:30-9:30 gacha va kechki 16:30-20:00gacha tashkil etiladi. Yoʻnalishlarning yoʻl kira haqi 2000 soʻm etib belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер