Yangi nominaldagi 50 ming soʻmlik kupyurada xatolik aniqlandi
Oʻzbekiston Markaziy banki 50 000 soʻmlik yangi kupyurasi rasmidagi xatoga munosabat bildirdi.
Maʼlumotlarga koʻra, milliy valyuta dizayniga befarq boʻlmaganlar banknotaning yuzida “Al-Hakim at-Termiziy” maqbarasi borligini, biroq maqbara nomi “Abu Iso at-Termiziy” deb yozilganini taʼkidlagan.

Mutaxassislar bilan qayta tekshirish natijasida, aslida namunaning tasviri va uning nomida texnik xatolik borligi maʼlum boʻldi.
Shu munosabat bilan, Markaziy bank yangi dizayndagi 50 000 soʻmlik banknotalar muomalaga chiqarilgunga qadar uning namunasida aniqlangan texnik xatolikni bartaraf etishini maʼlum qiladi.
Markaziy bank banknotalar dizayniga befarq boʻlmagan barchaga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring