Yangi Namangan tumanida yangi DXM
Foto: Халқ сўзи
Navroʻz bayrami arafasida Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida Davlat xizmatlari markazining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda Davlati xizmatlari agentligi, Namangan viloyati hokimligi, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi aʼzolari, qator elchixonalar masʼullari, BMT Taraqqiyot dasturining respublikamizdagi vakolatxonasi, OAV va jamoatchilik vakillari, nuroniylar ishtirok etdi.
Markazning 500 kvadrat metrdan ziyod maydonga ega yangi binosi mahalliy byudjet hisobidan barpo etilib, Adliya vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi, Yevropa Ittifoqi, BMTTD qoʻshma loyihasi doirasida jihozlandi. Bu yerda tartibni saqlash va navbatni boshqarish uchun elektron tizim yoʻlga qoʻyilgan. Shinam kutish zallari, bolalar maydonchasi va boshqa shart-sharoitlar aholiga maʼqul tushishi tabiiy. Markazda bir kunda oʻrtacha 150-250 fuqaroga 170 ga yaqin turda davlat xizmatlari koʻrsatish imkoniyati mavjud. Binodan, shuningdek, adliya hamda FHDYO boʻlimlari ham oʻrin olgan.
Maʼlumot uchun, Yangi Namangan tumani oʻtgan yili tashkil etilgan boʻlib, unda 150 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring