Yangi Milliy oʻquv dasturi avvalgilaridan nimasi bilan farq qiladi?

16:17 13 Noyabr 2020 Jamiyat
38882 0

Respublika taʼlim markazi direktori Shuhrat Sattorov AOKA press-xolida oʻtgan brifingda ushbu savolga javob qaytardi:

— Avvalgi oʻquv dasturlari mazmuni 90% nazariyadan iborat boʻlib, oʻqitish metodikasi yodlatishga yoʻnaltirilgan.

Yangi Milliy oʻquv dasturi mazmuni 50% nazariya 50% amaliyotdan iborat boʻladi va oʻquvchining mustaqil faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

Oʻquv dasturlarida baholash esa faqat eslab qolgan bilimlar hajmini aniqlagan. Yangi dastur asosida oʻquvchilarda shakllangan koʻnikmalar baholanadi.

Fanlar soni va oʻquv yuklamalari optimallashtirilib, oʻquvchilar qiziqishiga koʻra fanlarni tanlab oʻqish imkonini beruvchi variativ oʻquv dasturlar asosida hayotga va kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoni yaratiladi.

Milliy oʻquv dasturi asosida fanlar chiziqli tartibda emas, spiralsimon tarzda oʻqitiladi. Yaʼni mavzular takroriy emas, bir-birini mantiqan davom ettiruvchi hamda soddadan murakkabga tomon yoʻnaltirilgan tarzda kiritiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер