Yangi korxonaning tamal toshi qoʻyildi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijonda Markaziy Osiyodagi yagona “Faw” avtomobillari ishlab chiqaruvchi zavodning 2-bosqichi qurilishi uchun tamal toshi qoʻyildi.
— Xitoyning “China FAW group co.LTD” kompaniyasi hamda “Van universal motors” hamkorligidagi ushbu loyihaning umumiy qiymati 100 million dollarni tashkil etadi, — deydi viloyat hokimligi masʼul xodimi Muslimbek Ibrohimbekov. — Zavod qurib bitkazilgach, yuk va yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan transport vositalarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Mazkur loyihaning ish tushirilishi natijasida 1 ming 500 ta yangi ish yaratiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring