Yangi korxona – yangi imkoniyatlar
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlashda qishloq xoʻjaligiga moslashgan hududlarga sanoat korxonalarini olib kirish oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. Masalan, Ulugʻnor tumanidagi “Sariq suv” mahallasida “Fayz tekstil” korxonasining ish boshlashi natijasida 300 nafar mahalliy aholi doimiy daromad manbaiga ega boʻldi.

— 78 mln AQSH dollari qiymatidagi loyiha asosida barpo etilgan ushbu korxonamizda paxta xom ashyosidan kalava ip ishlab chiqariladi, — deydi tadbirkor Sherzodbek Muhiddinov. — Shu yilning dekabrida toʻquv korxonamizni ishga tushirish orqali yana 150 ta yangi ish oʻrni yaratamiz. Ishchilarning samarali mehnat qilishi uchun barcha sharoitlarni yaratganmiz. Oʻrtacha ish haqi 2,5 mlndan 5 mln soʻmgachani tashkil etmoqda.

Korxonada bir oyda 150 tonna kalava ip ishlab chiqariladi. Shundan 130 tonnasi Xitoy davlatiga eksport qilinmoqda. Yangi loyihalarni ishga tushirish orqali ishlab chiqarish koʻlami va eksport salohiyatini yanada oshirish koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring